IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
💻 Universitetimizning Dasturiy injiniiring fakulteti talabasi Istamov Mirjahon Mo‘minjon o'g'li “IBM Full Stack Software Developer" kursini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo'ldi va ushbu imkoniyatni qo'lga kiritdi.
⭐️Mirjahonni ushbu natija bilan tabriklagan holda, bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.