Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Zhejiang universitetida UNESCO tashabbusi bilan tashkil qilingan "9th UNESCO-APEID meeting on entrepreneurship education" simpoziumida ishtirok etmoqda.
Ushbu simpozium Osiyo va Tinch okeani hududlaridagi 60 dan ortiq universitetlar rahbarlari, professor va tadqiqotchilarini talabalarning startap g’oyalarini qo’llab-quvvatlash, ta’limni ishlab chiqarishga yo’naltirish kabi mavzularda tajriba almashish va yangi yo’nalishlarni belgilash uchun birlashtirdi.
Simpoziumning Universitetlarda inson kapitalini rivojlantirish sho’basida O’quv ishlari bo’yicha prorektor Jamshid Sultanov TATUda mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, Inkubataiya markazi, o’quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyati hamda talabalarning erishayotgan yutuqlari haqida taqdimot qildi.
Simpozium doirasida Universitetni UNESCO va Zhejiang universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan Entrepreneurship education network (EE-Net)ga a’zolikka qabul qilish masalasi ko’rib chiqildi.
🗒Ma’lumot uchun: Entrepreneurship education network (EE-Net) oliy ta’lim muassasalarida ishlab chiqarish va startap g’oya egasi bo’lgan talabalarni yanada qo’llab-quvvatlash, ta’limda amaliy yechimlar va g’oyalarni rivojlantirish, ularni bozorga yo’naltirishda talabalar uchun turli ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish hamda hamkorlar bilan bu boradagi bilim va tajribalarni almashinishni rivojlantirish uchun tashkil qilingan xalqaro tashkilotlar, universitetlar va ishlab chiqaruvchilar tarmog’i hisoblanadi.