
🎤 Ilgari xabar berganimizdek, Universitetimiz 2024-yil yakuniga ko‘ra Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan edo.ijro.uz idoralararo ijro intizomi tizimida ish yuritish bo‘yicha namunaviy oliy ta’lim muassasasi deb topilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-yanvardagi 20-son buyrug‘iga muvofiq Respublikamizdagi 109 ta oliy ta’lim muassasalarining ijro intizomi, devonxona va arxiv ishi bo‘yicha mutaxassislari uchun universitetimizda bir oy davomida “TATU tajribasi” misolida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yilgan edi.
💻 Joriy yilning 18-19-fevral kunlari Respublikamizning 60 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining vakillari ishtirokida mazkur yo‘nalishda navbatdagi o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi.
📝 Seminar davomida ishtirokchilarga universitetimizning Tashkiliy nazorat boshqarmasi tasarrufidagi bo‘limlar mutaxassislari tomonidan edo.ijro.uz tizimida ijro hujjatlarini kirim qilish, yangi hujjatlar yaratish, nazorat reja, ichki buyruqlarni yaratish, ijro nazoratini olib borish kabi bir qator amallar yuzasidan taqdimot ko‘rinishida mahorat darsi o‘tkazildi va yakunida universitetimiz o‘quv binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
✈️@tuituz_official