“Dunyoning mafkuraviy manzarasi” mavzusida ma’naviyat tadbiri bo’lib o’tdi

  • Asosiy
  • “Dunyoning mafkuraviy manzarasi” mavzusida ma’naviyat tadbiri bo’lib o’tdi

AKT sohasida Kasb ta’limi fakulteti "Axborot ta’lim texnologiyalai” kafedrasida "Dunyoning mafkuraviy manzarasi” mavzusida ma’naviyat tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda shu fakultetning professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda Nasimov Shuxrat Alibekovich, Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi devoni raxbari, Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi targ’ibotchisi hamda Nazarov Mahmudjon Axtamovich Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi, Toshkent viloyat bo’limi raxbarlari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib nutq so’zlashdilar.

“Dunyoning mafkuraviy manzarasi” mavzusida ma’naviyat tadbiri bo’lib o’tdi 

Insoniyat taraqqiyotining ilk davrlarida deyarli barcha xalqlarda mifologiya universal xarakterga ega bo`lgan bo`lsada, bir tomondan, o`ziga xos xususiyatlarga ega ijtimoiy guruhlar va ularning ayricha manfaatlari ifodasi bo`lgan mafkuraviy tizimlar shakllanmagani, ikkinchi tomondan, Yer yuzining turli nuqtalari o`rtasidagi aloqalar rivojlanmagani, kishilik jamiyati yagona organizmni tashkil etmagani uchun duyoning yaxlit mafkuraviy manzarasi haqida gapirish mumkin emas.

Xalqlar, davlatlar o`rtasidagi ijtimoiy aloqalar kuchsiz bo`lgan bir davrda monoteistik dinlarning yuzaga kelishi, ularning o`z hukmronligini o`rnatish yo`lida olib borgan kurashi natijasida esa dunyoning diniy qarashlar ustivor bo`lgan ilk mafkuraviy manzarasi shakllandi.

Jahon dinlari tarqalgan hududlar nisbatan barqarorlashgan (to`g`rirog`i muayyan diniy ta`limotlarni yoyish uchun olib borilgan urushlar asosan to`xtagan) bir sharoitda dunyoda iqtisodiy hikmronlik uchun kurashning boshlanishi, ilmiy bilimlarning rivojlanishi, xalqlar, davlatlar o`rtasidagi aloqalar qamrovining kengayishi dinning g`oyaviy regulyatorlik rolining asta-sekin pasayishiga olib keladi.

Qisqa vaqt davomida alohida mavqega talabgorlik qilgan natsizmni inobatga olmaganda, asosan sotsialistik va burjua mafkuralari orasida borgan kurash esa ("uchinchi yo`l”ga da`vogarlik qilganlar ham aslida u yoki bu darajada ularning ta`siri ostida edi) dunyoviy mafkuraviy manzarasi rivojidagi yangi bosqichni boshlab berdi. U hukmronlik uchun kurashda g`oyaviy omilning o`rni va ahamiyati yanada oshganini ko`rsatish barobarida global konfrontatsiya asosiga qurilgan mafkuraviy manzaraning shakllanishiga olib keldi.

Ushbu ideologiyalar o`rtasidagi kurash barham topgan hozirgi davrda esa o`ziga xos xususiyatlarga ega dunyoning yangi mafkuraviy manzarasi qaror topib bormoqda.

“Dunyoning mafkuraviy manzarasi” mavzusida ma’naviyat tadbiri bo’lib o’tdi

Bugungi kunda aksariyat davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadryatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq – huquqlari, va erkinligi, ijtimoiy, siyosiy, etnik, konfessional totuvlik va bag`rikenglik g`oyalar ustivordir. Shunday bo`lsada, insoniyat istiqbolini belgilashda unversallikka da`vogarlik qilayotgan va transmilliy xarakterga ega g`oyaviy qarashlar dunyoning mafkuraviy manzarasi mazmunini belgilab berishda ustivorlikka intilayotganini ham ta`kidlash zarur.

Inson ongi va qalbi uchun kurash yangi sifatiy xususiyat kasb etgan bir davrda , e`tiqod umumiyligiga asoslanish (masalan, panislomizm), etnik birlikka urg`u berish(masalan, panslavizm, panturkizm) va yagona ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy makonda yashash natijasida yuzaga kelgan bog`liqlikni ro`kach qilish asosida (masalan, pansovetizm) yakka mafkuralar hukmronligini ta`minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo`lib olishga urinishlar kuzatilayotganini ta`kidlash zarur.

“Dunyoning mafkuraviy manzarasi” mavzusida ma’naviyat tadbiri bo’lib o’tdi