
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 32-son Bayonnomasida dual ta’lim asosida muhandis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar belgilab berilgan.
👥 Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti delegatsiyasi Germaniya Baden-Vyurtemberg davlat kooperativ universiteti (DHBW)ning dual ta’lim bo‘yicha tajribasi bilan tanishdi.
💬 Unda ta’lim jarayonlari to‘liq dual ta’lim asosida tashkil etiladigan DHBW universitetining sanoat bilan hamkorlik aloqalaro modellar, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, talabalar o‘zlashtirishini baholash, mazkur ta’lim modelining o‘ziga hosligi o‘rganildi. Dual ta’limning amaliy qismi va mutaxassislar tayyorlashda ish beruvchilarning roliga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida ham o‘zbek, ham nemis talabalari uchun dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlash jarayoniga sanoat hamkorlarini jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
🖋 Uchrashuvda ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarini integratsiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish hamda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishga kelishib olindi.