O‘zbek Davlat drama teatri TATUda

20 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbek Davlat drama teatri “Otasining qizi” spektakli bilan tashrif buyurdi.

Talaba-yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda albatta teatr va muzeylarning o‘rni ahamiyatlidir. Shu sababdan, yoshlarni teatrlarga tashriflarini keng miqyosda uyushtirish bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish bilan birga, ular ongini har xil buzg‘unchi va yot g‘oyalardan himoya qilishda ham katta rol o‘ynaydi.

Muhammal al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati bu masalaga alohida ahamiyat bergan holda, o‘quv yili davomida talaba-yoshlarning Toshkent shahridagi muzeylar va teatrlarga tashriflari rejasini ishlab chiqqan. 20 aprel kuni universitetning o‘zida “Otasining qizi” spektaklining namoyish qilinishi ham ana shu hamkorlik rejasi asosida edi. Spektakl talabalar tomonidan qizg‘in kutib olindi. Undagi voqealar xalqimiz urf-odatini aks ettirgan holda bevosita yoshlar hayotida uchraydigan voqealar ham komediya janrida sahnalashtirilgan. Aktyorlar Dono Boboxonova, Jumadillo Rametov ijrosidagi rollar esa talabalarda katta tassurot qoldirdi.