“Dolzarb 90 kunlik” dastur doirasida Bektemir tumanidagi maktablarda tadbirlar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • “Dolzarb 90 kunlik” dastur doirasida Bektemir tumanidagi maktablarda tadbirlar tashkil etildi.

📄O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoz faslida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida o‘tkazilgan videoselektordagi topshiriqlari ijrosi yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent shahar Bektemir va Mirobod tumanlaridagi maktab va texnikumlarda qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

✅Jumladan, joriy yilning 28-iyun kuni Bektemir tumanida joylashgan 289-son ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim dasturlari, kasbiy o‘quv kurslari va sport tadbirlarining olib borilishi bo‘yicha universitet jamoasi Bektemir tuman hokimligi va maktab ma’muriyati bilan birgalikda tanishib chiqdilar.

🗒Unda Universitet o‘qituvchilari tomonidan 289-maktab misolida yoshlarni AyTi va robotatexnika kurslariga o‘qitish hamda bu tajribani tumanning boshqa maktablariga ham jadal tatbiq etish bo‘yicha ishlarning borishi muhokama qilindi. Shuningdek, Bektemir tumanidagi maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarini kelajak kasblariga o‘qitish uchun universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish uchun “Ochiq eshiklar kuni” va “Mening kelajak kasbim – AyTi” shiori ostidagi tadbirlarni iyul oyida o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.