TATUda “Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasini shakllantirish dasturiy tizimi” bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • TATUda “Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasini shakllantirish dasturiy tizimi” bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

26-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasini shakllantirish dasturiy tizimi” bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarga O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Nazarov A.S. tashrif buyurdi.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Tashev universitetda ta’lim tizimiga oid ishlab chiqilgan dasturiy tizimlar haqida ma’lumot berdi. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i J.Sayfiyev "Tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish" mavzusida ma’ruza taqdim etdi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi muhandis dasturchisi O.Narziyev "OTMlarda professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlarini monitoring qilish dasturiy tizimi" haqida ma’lumot yoritib berdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi vakillari ishtirok etishdi va o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


TATU matbuot xizmati