Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Dj.Sultanov boshchiligida fakulteti dekanlari va kafedra mudirlari “UNICON.UZ- Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” ga tashrif buyurishdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Dj.Sultanov boshchiligida fakulteti dekanlari va kafedra mudirlari “UNICON.UZ- Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” ga tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Dj.Sultanov boshchiligida fakulteti dekanlari va kafedra mudirlari “UNICON.UZ- Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” ga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida “UNICON.UZ- Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” Kriptologiya va ishlab chiqarish bo‘yicha bosh direktorning birinchi o‘rinbosari X.Pulatov hamda mutaxassis kadrlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📋 Uchrashuvda universitetda o‘qitiladigan fanlarning soha korxonasiga mos kelishi, talabalarning amaliy bilimlarini oshirish yo‘llari, 3 va 4-kurs talabalarini ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotiga yo‘naltirish hamda soha korxonalarning mutaxassislarini universitetga kelib seminar treninglar tashkil qilishi kabi masalalar muhokama qilindi.