Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Algoritmlash va matematik modellashtirish kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Diskret tuzilmalar” fani bo‘yicha olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi.
✅Mazkur olimpiada talabalarning matematik tafakkurini rivojlantirish, bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.
🏆 Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 Haybulloyeva Mahvash Abduvahhobovna
🥈 Normurodova Ozoda Begmurod qizi
🥉 Juravoyev Shams Ruzmat o‘g‘li
🥉 Axmadov Behruzbek Sulton o‘g‘li
Maxsus nominatsiyalar:
Eng faol qiz talaba — Abduqaxarova Sabrina G‘ulomjon qizi;
Eng faol o‘g‘il talaba — Samatov Elfat Rinatovich.
🎁 G‘olib va sovrindor talabalar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🚫 Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat, g‘oliblarga esa kelgusi ilmiy va akademik faoliyatida yanada katta yutuqlar tilaymiz!