DIQQAT, TATU TALABALARI!

  • Asosiy
  • DIQQAT, TATU TALABALARI!

Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA) tashabbusi bilan Turkiyada 2026-yil noyabr oyida uchinchi marta o‘tkaziladigan "Cezeri-Fest" festivali doirasida "Yanada yaxshi shaharlar uchun loyihalashtir" mavzusida 3D dizayn va 3D bosma bo‘yicha musobaqa e’lon qilinadi.

📌 Ishtirok shartlari:
🔹 Ro‘yxatdan o‘tish: 2026-yil 30-iyul, soat 23:59 gacha
🔗 https://cezerifest.net/
🔹 Ro‘yxatdan o‘tganlarga elektron pochtaga foydalanuvchi nomi va parol yuboriladi
🔹 Loyihalarni yuklash muddati: 2026-yil 1-avgustdan 30-avgust, soat 23:59 gacha
🔹 Zarurat bo‘lsa, ishtirokchilar bilan onlayn suhbat o‘tkazilishi mumkin

🏆 Final va mukofot:
✅ Eng yaxshi 10 ta loyiha 30-sentyabr kuni e’lon qilinadi
✈️ G‘oliblar barcha xarajatlari qoplangan holda 1–6-noyabr kunlari Turkiyaga taklif etiladi
✅ Finalda ishtirokchilar hakamlar hay’ati oldida taqdimot o‘tkazadi va 3D printerlar yordamida loyihalarini jonlantiradi
✅ G‘oliblar 6-noyabr kuni mukofotlash marosimida e’lon qilinadi

💡 O‘z ixtirosi va loyihasi bilan kelajakdagi shaharlarni yaxshilashni istagan barcha talabalarni ishtirok etishga taklif qilamiz!
📩 Batafsil ma’lumot uchun: www.cezerifest.net

🚀Telegram  📷Instagram 🎬You Tube 🔵Facebook