DIQQAT TANLOV!!!

Miniatyura va xalq amaliy sanʼati yo‘nalishidagi yosh ijodkorlarning milliy o‘zligimizni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin sanʼat asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy sanʼati asarlari ijodiy tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovda 15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasidagi ijodiy yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari va oliygohlarning barcha o‘quvchi-talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki yosh toifalarida o‘tkaziladi:

  • 15 yoshdan 17 yoshgacha;
  • 18 yoshdan 20 yoshgacha.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:Birinchi bosqich-hududiy bosqich. Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatlari va sanʼat maktablari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, soha yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalari hamda Badiiy ijodkorlar uyushmasi hududiy bo‘limlari tomonidan 01 fevraldan 01 martgacha o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich –respublika bosqichi. Birinchi bosqich g‘oliblari 10 martdan 10 aprelgacha o‘tkaziladigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar. Tanlovga bitta ishtirokchi tomonidan erkin mavzuda yaratilgan 4 (to‘rt) donagacha bo‘lgan ijodiy ishlar taqdim etiladi.Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh ijodkorlar quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:

-http:/www.art-academy.uz  saytida joylashtirilgan namuna asosida to‘ldirilgan ariza;

ishtirokchining pasport (yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxasi;

  • taqdim etilgan barcha ijodiy ishlar haqida maʼlumot berilishi (asar nomi, yaratilgan yili, texnikasi);
  • - taqdim etilgan barcha ijodiy ishlar nomi o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi;
  • - erkin mavzudagi so‘nggi uch yil davomida yaratilgan mualliflik ishlari.
  • – ishtirokchining oxirgi 3 oy ichidagi 4x6 hajmdagi 2 dona fotosurati.

Hududiy bosqich ishtirokchilari arizalari Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Badiiy ijodkorlar uyushmasi hududiy bo‘limlarining Tashkiliy qo‘mitalarida, Respublika bosqichi ishtirokchilarining hujjatlari 2021 yilning 01 martidan 10 martiga qadar Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 37/A-uy manzilida (telefon: (71) 252-30-88, (71) 256-35-56) qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha belgilanadi:- Eng yaxshi miniatyura asari uchun;

  • Eng yaxshi grafik asari uchun;
  • Eng yaxshi naqqoshlik asari uchun;
  • Eng yaxshi amaliy sanʼat asari uchun (amaliy sanʼat turlari bo‘yicha) Respublika bosqichi g‘oliblari “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy sanʼat asarlari tanlovi g‘olibi Diplomi hamda tanlov tashkilotchilari tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Tanlov shartlari va Nizomi bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasining http:/www.art-academy.uz rasmiy saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (+99871) 232-17-66, (+99871) 252-30-88

TANLOV NIZOMI (PDF)