DIQQAT TANLOV!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi” shiori ostida maqollar tanlovi eʼlon qilinadi.

Mazkur tanlovda oʻzining ijodiy qobiliyatini namoyon qilishni xohlagan barcha TATU talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Maqolalar 2020-yilning 25-oktyabriga qadar @tanlovtatu telegram manziliga yuboriladi.

 

Tanlovda ishtirok etib, oʻz iqtidoringizni namoyon qiling va qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻling!

   

TANLOVNI SHARTLARI VA BAHOLASH MEZONLARI

 

  1. Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar quyidagi mezonlarda baholanadi:

- mavzuning mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi;

- stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri yoritilganligi;

- mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondoshuvlar;

- mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;

- mavzuni yoritishda oʻziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.

  1. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi – jami 50 ball.

 

XUJJATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI

  1. Maqolalar elektron variantda taqdim etiladi.
  2. Tanlovga taqdim etilayotgan maqolalar kompyuter Word dasturida, Times New Roman 14 shriftida 1,5 intervalda, chapdan 30 mm, oʻngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda yozilgan boʻlishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan boʻlishi shart. Maqola sarlavhasidan keyin talabaning fakulteti, kursi va guruhi, telefon raqami toʻliq koʻrsatiladi.
  3. Yuqoridagi talabalarga javob bermaydigan maqolalar tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.