Diqqat tanlov

TALABALAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1694-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlarni keng targ‘ib qilish, yoshlarda Vatan tarixiga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash, ularda milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, xalqning tarixiy an’analari, madaniy merosga hurmat munosabatini, vatanparvarlikni mustahkamlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "O‘zbekiston tarixining bilimdoni” intellektual tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovda faqat oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etadilar. Tanlov topshiriqlari va ularga javoblar lotin yozuviga asoslangan o‘zbk alifbosida beriladi. 
Tanlov qatnashchisi onlayn tarzda O‘zbekistonnning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning veb-sohifasi manzili (www.tmarkaz.uz) ga murojaat qilgan holda tanlovda qatnashish imkoniga ega bo‘ladi. 
Tanlov ikki bosqichli topshiriqlar asosida tashkil etiladi. Birinchi bosqich tarixiy test, ikkinchisi tarixdan boshqotirma savollarga javob berishdan iborat. Bosqichlardagi topshiriqlarga ball berilmaydi, ma’lum miqdordagi topshiriq bajarilsa, keyingi bosqichga o‘tiladi. 
Savollar qadimgi, o‘rta asrlar, mustamlaka, sovet va mustaqillik davrlari asosida shakllantiriladi. Topshiriqlar O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz xodimlari tomonidan tuziladi va markazning ekspert guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi va veb-sahifaga joylanadi.
Birinchi bosqich: test topshiriqlari. 30 ta test beriladi va undan 22 tasi (71%) yoki undan ortig‘iga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi ikkinchi bosqichga o‘tadi.
Ikkinchi bosqich: Boshqotirma savollarga javob berish. Yakuniy bosqichda 30 tadan iborat qiziqarli savollarga javob yoziladigan (javobini yozish mumkin bo‘lgan, qisqa javob talab qilinadigan) savollarga eng ko‘p javob bergan 3 ta ishtirokchi aniqlanadi.
Tanlov g‘olibi 1-darajali diplom va eng kam ish haqining 12 barobari miqdorida pul mukofoti, 2-o‘rin uchun 2-darajali diplom va eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida pul mukofoti, 3-o‘rin uchun 3-darajali diplom va eng kam ish haqining 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
TANLOVDA IShTIROK ETING VA G‘OLIB BO‘LING!