Diqqat e'lon!

OLIY OʻQUV YURTIDAN KEYINGI TAʼLIM INSTITUTIGA

2021 YILI UCHUN QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BOʻYICHA

 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

 

05.04.01 — Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari.  Axborotlarni taqsimlash;

05.04.02— Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televideniye tizimlari va qurilmalari.  Mobil aloqa tizimlari;

05.01.05 —  Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi;

05.01.04 — Hisoblash mashinalari,  majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti

 

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ILMIY-INNOVATSION  MARKAZI

 

05.01.02 — Tizimli tahlil, boshqaruv  va axborotni qayta ishlash;

05.01.03 — Informatikaning nazariy asoslari;

05.01.07 — Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui.

 

Q A B U L   E ʼ L O N   Q I L A D I

 

Tayanch doktorantura (PhD) ga talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga murojaat qiladi:

  • ariza;
  • maʼlumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusʼhasi;
  • oliy taʼlim muassasasi magistraturasi, bakalavriaturasi diplomlari nushasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyhati, shuningdek ularning nusʼhalari;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusʼhasini taqdim etadilar;
  • 4×6 sm oʻlchamdagi 2 ta dona fotosurat; pasport nusxasi.

Tayanch doktarantura (PhD) sifatida oʻqish uchun kirayotgan shaxslar:

  • mutaxassislik,
  • chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Tayanch doktorantura (PhD) uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qiladi:

  • ariza;
  • maʼlumotnoma;
  • magistrlik diplomi yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning nusʼhasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusʼhasi;
  • ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) roʻyhati.

Mustaqil izlanuvchilik sifatida oʻqish uchun kirayotgan shaxslar:

  • mutaxassislik boʻyicha suhbatidan oʻtish.

 

Doktorantura (DSc) uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan oliy taʼlim muassasasiga murojaat qiladi:

  • ariza;
  • maʼlumotnoma;
  • oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusʼhasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusʼhasi;
  • tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) roʻyhati.

 

 

Xujjatlarni qabul qilish muddati 2020 yil 15-sentyabrdan – 15-oktyabrgacha.

 

      Xujjatlar quyidagi manzilga joʻnatilsin:

  • 100202, Toshkent sh., Amir Temur koʻch.,108, TATU;

 

       Maʼlumot uchun telefonlar:

  • 238-64-43, 238-64-03 –