

Diqqat e’lon - "Rektor kubogi-2026"❗️
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida "Talabalar ligasi" sport musobaqalari doirasida sportning futbol hamda voleybol turi bo‘yicha “Rektor kubogi–2026” musobaqasi tashkil etilmoqda. Musobaqa joriy yilning 25-fevral kuni soat 10:00 da universitetning birinchi sport zalida start oladi.
Bellashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashdan iborat.
🎁 Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar medal, sertifikat, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.