Diqqat!! Dasturlash bo‘yicha onlayn olimpiada!

  • Asosiy
  • Diqqat!! Dasturlash bo‘yicha onlayn olimpiada!

Universitet talabalari o‘rtasida iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq aniqlash, ularning iqtidori va qobiliyatini rivojlantirish va ilmiy faoliyatga yo‘naltirish maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi va Informatika asoslari kafedrasi tomonidan TATU 1-2 kurs talabalari o‘rtasida dasturlashtirish bo‘yicha 7 may kuni onlayn olimpiada o‘tkaziladi.

Olimpiada g‘oliblari Respublika, hamda xalqaro fan olimpiadalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega buladi!!!

Olimpiadada ishtirok etish uchun ROBOCONTEST.UZ saytida 06.05.2020 soat 24:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘ting.

TATU matbuot xizmati