Diqqat! “CTF olimpiadasi” FINAL bosqichi yakunlandi!
🗓31-mart kuni Raqamli texnologiyalar sohasidagi “Oliygoh kubogi” doirasida o‘tkazilgan CTF olimpiadasi final bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
🏆 G‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — GothHunters jamoasi (2568 ball)
🥈 2-o‘rin — Plan_B jamoasi (1090 ball)
🥉 3-o‘rin — Neuroverse jamoasi (1060 ball)
👏 Barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaymiz!
❗️ Muhim eslatma:
Final bosqichida yuqori natija qayd etgan jamoalarning ballari musobaqadan so‘ng qo‘shimcha verifikatsiya (savol-javob) orqali tekshirildi.
📑 Tekshiruv jarayonida o‘z natijalarini asoslab bera olmagan jamoalarning ballari inobatga olinmadi.
ℹ️ Bu esa musobaqaning shaffof va adolatli tarzda o‘tganini yana bir bor tasdiqlaydi.
➡️Musobaqada faol ishtirok etgan barcha jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz!