DIQQAT TANLOV !

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra 2021-yil uchun “Barchani qamrab oluvchi (inklyuziv) masofaviy va raqamli savodxonlik mavzusiga bag‘ishlangan “Savodxonlik sohasidagi Xalkaro mukofoti” e’lon kilingan.

Ushbu mukofot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

* Qirol Sejong nomidagi Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Ona tili savodxonligini rivojlantirish”ga hissa qo‘shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan YUNESKO mukofoti;

* Konfutsiy nomidagi Xitoy Xalk Respublikasi tomonidan

moliyalashtiriladigan “Qishloq hududlaridagi texnologiyalardan foydalangan holda katta yoshlilar va yoshlarning savodxonligini oshirish”ga hissa qo‘shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan   YUNESKO mukofoti.

Tanlov shartlariga ko‘ra, Qirol Sejong nomidagi mukofot uch nafar nomzodga (har biriga 20000 AKSh dollaridan) hamda Konfutsiy nomidagi mukofot uch nafar nomzodga (har biriga 30000 AKSh dollaridan) taqdim etiladi. Tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar maxsus medal, diplom va mukofot mablag‘lari bilan taqdirlanadilar.

Mazkur YUNESKO tanlovi bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: https://en.unesco.org/themes/literacy/prizes

YUNESKOning savodxonlik tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar www.unesco.org/ilp/account veb-sahifasida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tanlovda ishtirok etish uchun veb-sahifada keltirilgan maxsus shakl nomzodlar tomonidan onlayn tarzda to‘ldirilib yuborilishi zarur.

Onlayn xujjat topshirish muddati: 2021 yil 13 iyun

YUNESKO so‘roviga ko‘ra onlayn taqdim etilgan nomzodnomalar YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya kotibiyati tomonidan joriy yil                    27 iyun kuniga qadar tasdiqlanadi.

Tanlov bilan bog‘lik bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot va ishtirok etish uchun literacyprizes@unesco.org elektron manziliga va Xalkaro hamkorlik boshqarmasi, tel: 71 246 01 90, e-mail: xab@edu.uz ga murojaat qilish mumkin.