Diplomlar muborak!

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 3 nafar talabalari: Xusanboy Ubaydullaev, Xurshida Abdullaeva, Muazzam Muxitdinovalarning Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasini qo‘lga kiritganligi haqida e’lon bergan edik. Bugun ularga universitet Ilmiy Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Beruniy nomli Davlat stipendiyalari 2015 yilgi tanlovining g‘olibi haqidagi guvoxnomalari topshirildi.

Shu bilan birga, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Universiada - 2016” sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 4 nafar talabalarimiz: sportning Shaxmat turi bo‘yicha Ulug‘bek Tillaev va Oybek Muslimov, sportning Taekvando VTF turi bo‘yichaZabardast Haydarov, sportning Erkin kurash turi bo‘yicha Saidakbar Yosinov larga ham Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining III-diplomlari topshirildi.

Biz barcha talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, keyingi ishlarida omadlar tilab qolamiz!

 

Diplomlar muborak!

 

Diplomlar muborak!

 

Diplomlar muborak!

 

Diplomlar muborak!