12 noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Yunusobod tuman kengashi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning kafolatidir” mavzusida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Milliy tiklanish” partiyasi fraktsiyasi a’zosi Muxtorov Nodirjon Ilxomjonovich ishtirok etdi. Uchrashuv davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shakllanishi, o‘tgan yillar davomida unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, universitet "Kamolot” YoIH b.t. raisi Baxrom Ibroximov, 1-bosqich magistrlari: Avazbek Karimov va Dilmurod Xamdamovlar partiya a’zoligiga qabul qilinib, ularga "Milliy tiklanish” partiyasi a’zosi ekanligi haqidagi partiya biletlari topshirildi. Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.