Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter injiniringi” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va unga kiritilgan o‘zgartirishlar” mavzusida bilan o‘tkazilgan “Deputat va yoshlar” shiori ostidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Onlayn tarzda tashkil etilgan davra suhbatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat-maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Karimova Eʼzozxon Gafurjanovna, Kompyuter injiniringi fakultet dekani Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanginov Saidrasul Sayidakarovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gapparov Xayrulla Lutfullayevich, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti bosh mutaxassisi Alixonova Gulsanam Omatjonovna KIF fakultet dekan muovinlari, Yoshlar ittifoqi aʼzolari va 18 nafar professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
TATU matbuot xizmati