Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Britaniya kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Denise Waddingam boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
✅Uchrashuv davomida Britaniya kengashi hamda TATU o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilarni ingliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, Native English Speaker ingliz tili o‘qituvchilarni universitetga taklif etish, undan tashqari "Creative Spark" va boshqa loyihalarda universitet ishtirokini ta’minlash, shu bilan birga IELTS test imtihonlarini o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.
✅Shuningdek, mehmonlarga universitetda ta’lim va tadqiqot uchun yaratilgan infrastruktura, xususan tadqiqot laboratoriyalari tanishtirildi.