Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Kookmin universitetiga tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Kookmin universitetiga tashrif buyurdi.

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Kookmin universitetiga tashrif buyurdi.

🖋 Tashrif davomida TATU, Kookmin universiteti hamda Koreyaning ELICE group kompaniyasi o‘rtasida sanoat-akademik tadqiqot memorandumi (industry-academic research agreement ) imzolandi.

📌 Ushbu memorandumga ko‘ra Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalari va platformalarini tadqiq qilish, sanoat ma’lumotlarini sun’iy intellekt modellariga qo‘llash hamda ishlab chiqishdan iborat.

📌 Tomonlar, Universitet talabalarini ELICE AI ta’lim platformalarida o‘qishni tashkil etish maqsadida Kookmin bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv dasturini TATU ga joriy etishga kelishib oldilar.

📈 Shuningdek, universitet o‘quv jarayonlariga AI texnologiyalarini qo‘llash hamda “Coding labs”, “Video lecture solutions” va “Jarayonlarni boshqarish” virtual ta’lim platformalarini joriy etish rejalashtirilgan.

📎Ma’lumot uchun: Koreyaning ELICE Group kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan bo‘lib, sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformalari, virtual muhit (Lab Environment) ishlab chiqish va o‘qitish bilan shug‘ullanadi. ELICE Group kompaniyasi 100 dan ortiq kompaniya xodimlarini AI va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha o‘qitishni tashkil etganlar. Kompaniya ELICE LXP, ELICE TEST, ELICE Cloud kabi loyihalari orqali Koreyaning yirik Hyundai, LG, SUNIC, KT, SK Networks, SK Magic kabi kompaniyalar va Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan KAIST universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan va ushbu kompaniyalar Elicening raqamli platformasidan foydalanib kemoqdalar. Bugungi kunga qadar yuqoridagi hamkor kompaniyalarning 200 000 dan ortiq xodimlari ELICE onlayn treningni 80% dan yuqori natija bilan yakunladilar.