Joriy yilning 3 iyun kuni “Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish” loyihasining Work Package WP1 ishchi paketi bо’yicha loyiha hamkorlari о’rtasida, xususan, Germaniyaning Drezden Texnika universiteti professorlari Sven Riddel va Margret Shaffer, Qozoqistonning Al-Farobiy nomidagi Qozoq Xalqaro universitetidan dotsent Gaynel Ussatayeva hamda О’zbekistonning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan dotsent, loyihaning lokal koordinatori Sherzod G‘ulomovlar о’rtasida ZOOM platformasi orqali onlayn seminar amalga oshirildi.
Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatlar tо’g‘risidagi axborotni yoritib borish ERASMUS+ dasturining “Nogiron shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish” DECIDE loyihasining barqarorligi va uning natijalarini amalda qо’llashning asosiy omili hisoblanadi. DECIDE loyihaning asosiy maqsadi – Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasiga muvofiq maxsus ehtiyojga ega bо’lgan shaxslarning ta’lim olish imkoniyatlarini va jamiyatning kundalik hayotida ishtirok etish huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan.
Onlayn seminarda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan modullar, shuningdek loyihaning 2 moduli bо’yicha (Marketing – nazariya va amaliyotga kirish) amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. Ushbu modul kontentini 2020 yil yangi о’quv yiligacha tо’liq tugatish hamda modulning tо’liq kontentini loyiha sayti va mahalliy saytlarga yoritish masalalari tahlil etildi.
Loyihaning vazifalari, yangiliklari va batafsil ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlar bilan http://www.decideproject.ie/partners/ veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.