
Har yili o‘quv yili yakunida iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida quyidagi nufuzli stipendiyalar uchun tanlov e’lon qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi
Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi
Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi
Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya
📌 Ushbu stipendiyalar tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar fakultet dekani tavsiyanomasi asosida, hujjatlarini Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirgan holda 2025-yil 31-maygacha quyidagi manzilga topshirishlari lozim:
📍 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
📍C binosi, 2-qavat, 214/A-xona
🎓 Stipendiyalar Nizomlari bilan tuit.uz saytining “Talabalarga” rukni > “Stipendiya va grantlar” bo‘limida tanishishingiz mumkin.
❓ Qo‘shimcha savollar bo‘yicha yuqoridagi bo‘limga murojaat qilishingiz so‘raladi.