Davlat test sinovlarida ishtirok etdingizmi? Endi tanlov sizniki!

  • Asosiy
  • Davlat test sinovlarida ishtirok etdingizmi? Endi tanlov sizniki!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Sizni ikki yo‘nalishda ta’lim olish imkoniyati kutmoqda:


An’anaviy ta’lim dasturlari
Davlat testi natijalari asosida zamonaviy IT va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida tahsil oling:
Kunduzgi
Masofaviy
Magistratura
Ikkinchi va undan keyingi Oliy ta’lim

Universitet yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov qilishda ikkilanayapsizmi?
1–8-avgust kunlari TATUda "Open Days" — Ochiq eshiklar kunlari tashkil etiladi.
Bu yerda siz:
🟢 ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislardan maslahat olishingiz;
🟢 universitetning zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriyalari va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishishingiz;
🟢 o‘zingizga mos yo‘nalishni tanlashingiz mumkin.


Barcha abituriyentlar va ota-onalarni taklif etamiz!

Davlat test imtihonlariga hujjat topshirishga ulgurmadingizmi? Yoki natijalar siz kutgandek bo‘lmadimi? Lekin TATU’da o‘qish orzuingizmi?


U xolda sizda yana bir imkoniyat bor

Double Degreedasturi
Janubiy Koreyaning nufuzli Kookmin universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro ta’lim dasturida tahsil olib, 2 ta xalqaro diplom sohibiga aylaning.

Dastur afzalliklari:
• 3+1 yoki 4+0 ta’lim modeli
• TATU va Kookmin Universiteti diplomlari
• Xalqaro darajadagi ta’lim va keng karyera imkoniyatlari

• IT + Biznes IT qo‘shma mutaxassisliklari

Xalqaro dastur uchun hujjat topshirish:
apply.tuit.uz
Murojaat uchun telefon:
+998 55 055 42 42

Kelajagingizni TATU bilan quring! Tanlovni bugun qiling!