Dasturlash kurslari

Hurmatli talabalar,

 

O‘zbek-Hind AT markazi Sizlarni yangi o‘quv yili boshlanganligi munosabati bilan muborakbod etgan holda quyidagi o‘quv kurslariga taklif etadi.

1. Dasturlash asoslari.

Ushbu kurs universitetimizning 1 va 2 kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda matematik mantiq, algoritmlar, ma’lumotlar toifalari, xisoblash texnikalarining asoslari kabi tushunchalar c/c++ dasturlash tili bilan birgalikda o‘rgatiladi va sizning dasturlash, axborot texnologiyalari haqidagi ilk tasavvurlaringizni to‘g‘ri shakillanishida, dasturiy fikrlashni o‘rganishingizda yaqidan yordam beradi. Bundan tashqari dasturlash va uning maqsadi, zamonaviy dasturlash texnologiyalari, biznes kommunikatsiya kabi qiziqarli mavzular darslar jarayonida yoritilib boriladi. Ushbu kurs universitetdagi mutaxassislik fanlaridan qiynalmay o‘qishingiz va axborot texnologiyalari yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishingiz uchun zarur kurslardan biri xisoblanadi. Ushbu kurs quyida o‘tiladigan mukammal kurslar uchun tayyorlov kursi hisoblanadi.

 

 

2. Web dasturlash.

Hozirgi kunda internet texnologiyalari va internet servislar rivojlanib borayotgan ayni damda Web dasturlash va web dasturchilarga bo‘lgan extiyoj keskin oshib bormoqda. Shunday ekan qiziquvchi talabalarni ushbu kursimizda kutib qolamiz. Kursning 144 soatlik kontenti o‘z ichiga web dasturlash asoslari bo‘lgan HTML/HTML5 CSS/CSS3, JavaScript, PHP tili, MySQL ma’lumotlar bazasi kabilarni qamrab oladi. Bundan tashqari zamonaviy web ilovalar asosi bo‘lgan Bootstrap hamda jQuery freymworklari ham o‘rgatiladi. Ushbu kursni muvaffaqqiyatli tugatgan holda siz navbatdagi Professional Web Dasturlash kursida yanada chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin.

 

 

3. Professional Web dasturlash.

Web dasturlash nafaqat oddiy web-saytlar yaratish, balki hozirgi zamon uchun hos bo‘lgan foydali va ommabop internet servislar ishlab chiqishdan tortib murakkab axborot tizimlarini loyihalashni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu kursda siz oddiy vizitka web saytlar yaratishdan murakkabroq bo‘lgan web ilovalar: elektron magazinlar, kataloglar, xujjat almashish tizimlari, real-vaqt jarayonlarini interaktiv tasvirlash, ma’lum toifadagi foydalanuvchilar auditoryasi uchun turli xil servislar yaratishda kerak bo‘ladigan PHP freymworklar (Yii2), UI freymworklar (Bootstrap, jQuery), Web ilovalarni optimizatsiyalash va keshlash texnologiyalari (Redis), katta ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalari (NoSQL), web-ilovalar xavfsizligi asoslari (sql injection, xss, csrf), servis integratsiyalari (rest, json) kabi texnologiyalarni real loyihalar yaratish asosida o‘rgatiladi. Kursni mukammal tugatgan talabalar yurtimizdagi yetakchi firma va davlat tashkilotlaridagi ish o‘rinlariga tavfsiya qilinadi.

 

4. Java dasturlash tili.

Sir emaski hozirda mobil qurilmalarning ommalashuvi mobil dasturlashga bo‘lgan talabni keskin oshishiga olib keldi. Mobil platformalar bozorida Andorid operatsion tizimi yetakchilikni saqlab kelmoqda. Demak Andorid dasturlash hozirda eng perspektiv va moliyaviy barqaror ko‘nikma bo‘lib qolmoqda. Java dasturlash tilini mukammal o‘rgangan holda Sizda Andorid bozoriga o‘z maxsulotlaringiz bilan kirib borish yoki yaqin kelajakda professional Android dasturchi bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun Java dasturlash tilini o‘rganishda ushbu kurs sizga yaqidan yordam beradi. Kurs mavzulari oddiygina arifmetik amallarni o‘rgatish emas, balki zamonaviy dasturlash texnologiyalari asosi bo‘lgan obyektga yo‘naltirilgan dastulash, ma’lumotlar tuzilmasi, classlar va obyektlar, collection freymworklar, dasturlash patternlari, ko‘p oqimli dasturlash kabilarni tushunib olish va o‘rganishingizda sizga yordam beradi. Kursni mukammal tugatgan talabalar yurtimizdagi yetakchi firma va davlat tashkilotlaridagi ish o‘rinlariga tavfsiya qilinadi.

 

5. Tarmoq administratorligi.

Kompyuter tarmoqlari hozirda axborot texnologiyalarining asosiy texnik vositasi hisoblanadi. Banklar, davlat tashkilotlari, o‘quv muassasalari, xususiy kompanyalar, ishlab chiqarish obyektlari, qo‘yinki kompyuter tarmoqlari qo‘llanilmaydigan soha yo‘q hisobi. Shu sababdan tarmoqlarni qurish va boshqarish uchun malakali va izlanuvchan mutaxassislarga bo‘lgan talab juda ham yuqoridir. Ushbu kurs davomida siz tarmoq texnologiyalari, tarmoq qurilmalari, ma’lumotlar uzatish nazaryasi, tarmoq xavfsizligi, tarmoq operatsion tizimlari kabi nazariy bilimlarni o‘rganish bilan birga amaliyot jarayonida tarmoqlarni qurish va boshqarish, ularning xavsizligi asoslari, tarmoq qurilmalarini sozlash kabi amaliy tajribaga ega bo‘lasiz. Kurs davomida o‘tiladigan mavzular kelajakda CISCO, HUAWEI, ZTE kabi yetakchi telekommunikatsiya korporatsiyalarining tarmoq texnologiyalarini o‘rganishingizda sizga tramplin vazifasini o‘taydi.

TATU talabalari uchun 50% chegirmalar belgilangan. Mashg‘ulotlarni malakali trenerlar amaliyot bilan birgalikda o‘tishadi. Kurs yakunida sertifikatlar beriladi. Kursni mukammal tugatgan talabalar yurtimizdagi yetakchi firma va davlat tashkilotlaridagi ish o‘rinlariga tavfsiya qilinadi.

 

 

Manzil:
O‘zbek-Hind AT markazi,
TATU, D blok, 1-qavat


Umumiy savollar bo‘yicha: 
(0 371) 238-65-24, +(998) 95 144 65 50 (kurs narxlari, davomiyligi, qabul shartlari)

Kurs mavzulari bo‘yicha:
+(998) 91 162 85 70 (Tarmoq administratorligi)
+(998) 97 708 46 46 (Java, Dasturlash asoslari)