TATU qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada ishtirok etmoqda

  • Asosiy
  • TATU qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada ishtirok etmoqda

Bugun MDHga aʼzo davlatlarning oʻrta taʼlim muassasalarining 9-11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Dasturlash boʻyicha maktab oʻquvchilarining umumrossiya jamoaviy onlayn olimpiadasi”ning saralash bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari ham 2 ta jamoa tarkibida ushbu olimpiadada faol ishtirok etmoqda.

Olimpiada oʻtkazilishini  universitet Informatika asoslari kafedrasi oʻqituvchilaridan iborat masʼullar kuzatib bormoqda. Olimpiada final bosqichi 2020-yil 12-dekabrda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Litsey oʻquvchilariga omad tilaymiz!