Joriy yilning 4-mart kuni universitetimizga ABET (incorporated as the Accreditation Board for Engineering and Technology, Inc.) akkreditatsiyasi bo‘yicha xorijiy mutaxassislar, CAC (Computing Accreditation Comission) ta’lim dasturlarini baholovchi ekspert - Russell McMahonlar tashrif buyurdi.
✅ Uchrashuv davomida universitetning tayanch ta’lim yo‘nalishlari, jumladan, Dasturiy injiniring, Kompyuter injiniringi va Axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro ABET akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha akkreditatsiya jarayoni uchun taqdim etilgan “Tayyorgarlik hisobotlari” (Readiness report) xorijiy ekspert tomonidan tahlil etib, har bir dasturni akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha takliflar va fikr-mulohazalarini bildirdi.