Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti, Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasining navbatdagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarni kafedra mudiri B. Mo‘minov olib bordi. Unda mazkur kafedra dotsenti A. Xamroyev va tayanch doktorant U. G‘iyosovlar «Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usul va algoritmlari» mavzusi doirasida o‘z ilmiy-tadqiqotlari natijalari bo‘yicha ma’ruza qildilar. Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va talabalar ishtirok etdilar.
Seminar so‘nggida ma’ruzalar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tib, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari, takliflari asosida kafedraning tegishli bayoni qabul qilindi.