27-mart kuni Dasturiy injiniring, Telekommunikasiya texnologiyalari fakultetlari talabalari uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
💬 Mazkur seminarda xalqaro IT-sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni olishlari uchun yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar mavzularida taqdimot o‘tkazildi. Seminar yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.