Joriy yilning 7-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Dasturiy injiniring fakultetida bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Xususan, (5330600) Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini Davlat attestatsiya komissiya a’zolari va ilmiy rahbarlar ishtirokida himoya qilishdi.
Attestatsiya komissiyasi a’zolari bitiruvchi talabalarning kelgusidagi orzu va maqsadlari sari tinmay mehnat qilib, universitetning faxriga aylanib yurishlarini istashini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
Shundan so‘ng, talabalar belgilangan tartib asosida Bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Himoya juda keng muhokama va savol-javob tarzida o‘tdi.