Belgilangan o‘quv rejasiga muvofiq, joriy yilning 2-fevralidan Dasturiy injiniring fakulteti 4-bosqich talabalari uchun bitiruv oldi amaliyoti boshlandi.

  • Asosiy
  • Belgilangan o‘quv rejasiga muvofiq, joriy yilning 2-fevralidan Dasturiy injiniring fakulteti 4-bosqich talabalari uchun bitiruv oldi amaliyoti boshlandi.


Talabalar Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ITI, UZINFOCOM, UNICON.UZ, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi AT markazi, “FIDO-BIZNES” MChJ, IT Park Uzbekistan rezidentlari, shuningdek aksiyadorlik tijorat banklari va ularning filiallarida amaliyot o‘tash uchun yo‘naltirildi.

Mazkur bitiruv oldi amaliyoti talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga puxta tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.