Dasturiy injiniring fakulteti 4-bosqich talabalari belgilangan o‘quv grafigiga muvofiq bitiruv oldi amaliyotini o‘tashni boshladi.

  • Asosiy
  • Dasturiy injiniring fakulteti 4-bosqich talabalari belgilangan o‘quv grafigiga muvofiq bitiruv oldi amaliyotini o‘tashni boshladi.

Nazariy va amaliy bilimlarning uyg‘unligi mutaxassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ushbu amaliyot talabalar uchun akademik o‘qish jarayonida egallangan bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi.

Talabalar Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, UZINFOCOM, UNICON.UZ, Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi, UIC Group, Fido Biznes, tijorat banklari va boshqa tashkilotlarda amaliyot o‘tashmoqda.

✈️@tuituz_official