Oliy ta’lim o‘qituvchilari tajribasini takomillashtirish dasturi – FEP: Faculty Enrichment Program
Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G'ulomov, 2023-yil 22- yanvar sanasidan boshlab 4 oy davomida Xalqaro ta’lim bо‘yicha Amerika Kengashlari dasturi - FEP da o'z xizmat vazifasi bо‘yicha Amerika Qо‘shma Shtatlarining Shimoliy Jorjia universitetiga malakasini oshirmoqda. Ushbu jarayon davomida Sh.G'ulomov Shimoliy Jorjia universitetidagi kiberxavfsizlik yо‘nalishi doirasida o‘quv dasturlarni ishlab chiqish, o‘qitishning muqobil usullarini o‘rganish, ta’lim sohasida tajriba almashish hamda о‘quv dastur kurslarni kuzatish, akademik sohaga oid anjumanlarda qatnashish va Amerika Qо‘shma Shtatlaridagi mezbon oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita birga ishlash kabi vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.