
Bugun, 12-sentabr kuni, TATUda zamonaviy talablarga mos ravishda qayta ta’mirlangan va to‘liq jihozlangan shinam D o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda uzoq yillar davomida TATUda faoliyat yuritgan faxriy ustozlar ishtirok etishdi.
Marosim avvalida universitet rahbariyati D binoda faoliyat yuritadigan ustoz hamda xodimlarga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida so‘z yuritildi.
Ta’mirlangan binoning ramziy ochilish tasmasi kesilgach, mehmonlar yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu ta’mirlangan binoning ochilishi TATUning ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, talabalarga qulay va zamonaviy sharoit yaratishda muhim qadam bo‘ldi.