Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Kiberxafsizlik" fakulteti dekani Sherzod G'ulomov joriy yilning 28-fevral va 1-mart kunlari Amerika Qo’shma Shtatlarining San Antoniyodagi Texas universitetida kiberxavfsizlik yo’nalishi bo’yicha (The Academia Involvement in Community Cybersecurity Conference) konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiyada universitet va kompaniyalarda sodir bo’layotgan tarmoq hujumlarini bartaraf etish strategiyalari va konsepsiyalari, shuningdek, "Ransomware" hujumlaridan himoyalanish algoritmalari hamda "Cybersecurity Competition"larni o’tkazish bo’yicha ma’ruzalar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, konferensiyada AQShning oliy ta’lim muassasalari va kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar ham amalga oshirildi hamda bevosita birga ishlash vazifalari muhokama etildi. Shuningdek, kiberxavfsizlik yo’nalishida TATU va Luiziana Fanlar akademiyasi (Louisiana Academy of Sciences) o’rtasida professor-o’qituvchilar almashish dasturlari muhokama qilindi.