
31-mart kuni Xalqaro IT Universiteti (IITU)da Erasmus+ dasturidagi Cyber4CA loyihasining uch kunlik workshopi boshlandi. Unda Yevropa va Markaziy Osiyoning yetakchi universitetlari, vazirliklar vakillari hamda sanoat ekspertlari ishtirok etdi.
Workshop davomida:
• kiberxavfsizlik o‘quv dasturlari
• CyberLab modellari
• zamonaviy o‘qitish metodlari muhokama qilindi
O‘zbekistondan TATU, O‘zMU, UMFT va UNICON.UZ vakillari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Mazkur loyiha Markaziy Osiyoda kiberxavfsizlik ta’limini rivojlantirishga xizmat qiladi.