CYBER PARK “startuplarni rivojlantirish sektori” boshlig‘i Djamalbekov Madiyar Anvarovich ishtirokid

  • Asosiy
  • CYBER PARK “startuplarni rivojlantirish sektori” boshlig‘i Djamalbekov Madiyar Anvarovich ishtirokid


✍️2026-yil 14-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida CYBER PARK “startuplarni rivojlantirish sektori” boshlig‘i Djamalbekov Madiyar Anvarovich ishtirokida Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari bilan “Staruplarni shakllantirish va ularni moliyalashtirish uchun taqdim etish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌀Ushbu uchrashuv davomida talabalarga:
- Cyber Park, uning maqsad va vazifalari;
- startup loyihalarni shakllantirish;
- MVP hamda taqdimotni tayyorlash va taqdim etish shakllari;
- asosiy qo‘yilayotgan talablar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

✍️Uchrashuv yakunida talabalar o‘z loyihalari bo‘yicha taqdimot qilishdi hamda mutahassisdan kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli tavsiyalarni olishdi. Shu bilan birga, mutahassis hamda talabalar bilan davomiy uchrashuvlar o‘tkazish borasida kelishib olindi.