CTF boʻyicha chempionat!
2022-yilning 26-noyabr kuni soat 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha “CTF” (Capture the Flag) ochiq turdagi chempionat o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Chempionat TATU hamda «Kiberxavfsizlik» markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan universitetning barcha talabalarini chempionatda ishtirok etib o‘z bilimlarini sinashga taklif etamiz. Hamkorlar tomonidan tanlov g‘oliblari maxsus sovgʻalar (1-o‘rin: Noutbuk; 2-o‘rin: Planshet; 3-o‘rin: Telefon) bilan taqdirlanadilar. Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Chempionatda ishtirok etishning asosiy talablari:
- Bakalavriatura va magistraturada o‘qiydigan barcha kurs talabalari.
- Kiberxavfsizlik yo‘nalishida amaliy ishlardan xabari bor talabalar (kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha har bir talabaga komputerda individual topshiriq beriladi).
O‘tkazilish joyi: E blok, 102-xona
Bog‘lanish uchun telefon raqamlari:
Sherzod G‘ulomov: +99890 970-84-64
Zarif Xudoyqulov: +99897 729-60-47
Orif Allanov: +99893 009-10-09