Talabalar diqqatiga!

Oliy ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya universitetlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va oliy ta’limda kreativ tadbirkorlik va innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida 2019-2020 yillarda “Creative Spark” dasturida ishtirok etish uchun talabalar qabuli e’lon qilinadi.

Kreativ tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va amalga oshirish yuzasida, quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:

  • o'quv jarayoni davomida kreativ tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida Buyuk Britaniya va O'zbekistonning oliy ta’lim muassasalari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri hamkorlikni rivojlantirish;
  • o'qituvchilar, talabalar va kreativ tadbirkorlar uchun tadbirkorlik ko'nikmalari bo'yicha qator treninglar o'tkazish;
  • Ingliz tilini turli xil onlayn manbalar va kreativ tadbirkorlikka yo'naltirilgan onlayn kurslardan foydalangan holda o'rganish.

Tanlov joyi va vaqti: TATU, C-blok, 157, 142 auditoriyalar 04.11.2019-05.11.2019 kunlari soat 14.00-17.00 da va                      06.11.2019-07.11.2019 kunlari  soat 10.00-13.00 da.

Mas’ullar: M.T. Shaxakimova, M.D. Mavlanova, M.A. Nazarova, O.N.Maxsudova , D.N.Abduvaxobova, E.Z.Salaxova