COVID-19 ga qarshi emlanish - davr talabidir!
Yurtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan #men_vaksina_oldim aksiyasi davom etmoqda. Ushbu aksiya doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti xodimlari COVID-19 ga qarshi AQShning “Moderna” vaksinasi bilan emlandilar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari, yurtdoshlarimizni vaksina olishga emlash tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlab qoladilar.