Coursera hamkorligidagi xalqaro onlayn ta’lim platformasi orqali yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi

  • Asosiy
  • Coursera hamkorligidagi xalqaro onlayn ta’lim platformasi orqali yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi

Bugun, 6-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yirik texnologiya anjumani — “GDG Tashkent DevFest 2025” doirasida O‘zbekiston IT hamjamiyati uchun muhim voqea yuz berdi.

Marosimda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, O‘zbekistonda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, onlayn ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasini e’tirof etdi.

Mazkur marosimda universitetimizning “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi o‘qituvchisi Kalilayev Dauletiyar hamda Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Abdunabiyev Asadbek sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.