“Counter Strike 1.6” hamda “Dota” turlari boʻyicha “Jamoaviy turnir" o'tkazilmoqda.

  • Asosiy
  • “Counter Strike 1.6” hamda “Dota” turlari boʻyicha “Jamoaviy turnir" o'tkazilmoqda.

Ayni vaqtlarda talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida, universitet miqyosida fakultetlararo kibersportning “Counter Strike 1.6” hamda “Dota” turlari boʻyicha “Jamoaviy turnir" o‘tkazilmoqda.

Dasturiy injiniring va Kiberxavfsizlik fakultetlari talabalari uchun E-bino 102, 109, 111 kompyuter xonalarida;

Kompyuter injiniring fakulteti talabalari uchun F-bino 604 xonada bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu turdagi kibersport musobaqalari davomiy tarzda o‘tkazilib boriladi. Jamoviy turnirda ishtirok etish uchun fakultet dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Musobaqa o‘ta qizg‘in, kutilmagan qarama-qarshiliklarga boy tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

TATU axborot xizmati