“CodeFest” Xakatonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Basser" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

  • Asosiy
  • “CodeFest” Xakatonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Basser" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

 3-4-5-iyul kunlari Toshkent viloyatida joylashgan Astrum IT Akademiyasida o‘tkazilgan Toshkent viloyat hokimi “CodeFest” Xakatonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Basser" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov 5 ta asosiy yo‘nalish va 1 ta maxsus yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi:

☑️ Sun’iy intellekt;
☑️ Ijtimoiy yo‘nalishlar;
☑️ Kiberxavfsizlik;
☑️ Tadbirkorlik va Moliya;
☑️ O‘yinlar sanoati;
☑️ Maxsus yo‘nalish.

1 mlrd pul mukofoti belgilangan tadbirda TATUning "Basser" jamoasi Kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.