O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xorijiy safar doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali direktori Z.Karshiyev, Kompyuter injiniringi fakulteti dekani X.Xujamatov, MUT va T kafedrasi professori N.Usmanova hamda universitetning Urganch filili AX kafedrasi assistenti M.Sadikovlardan iborat delegatsiya Isroil davlatiga tashrif buyurdilar.
📌Tashrifning birinchi kunida Isroil davlatining “Ness Technologies” hamda “Kiryat Atidim (City Zone)” yetakchi IT kompaniyalari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, bir qator masalalar muhokama qilindi.
Xususan, “Ness Technologies” kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida TATU talabalari va bitiruvchilarini, qolaversa Respublika bo‘yicha axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni ushbu kompaniyada masofadan ishlashi asosiy masala sifatida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, “Kiryat Atidim (City Zone)” kompaniyasi bilan esa “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha startup loyihalarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.