TATU professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi "EVEREST INNOVATIVE SCHOOL" maktabiga tashrif buyurdilar.

  • Asosiy
  • TATU professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi "EVEREST INNOVATIVE SCHOOL" maktabiga tashrif buyurdilar.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Televizion texnologiyalar” fakultetining “Audiovizual texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi "EVEREST INNOVATIVE SCHOOL" maktabiga tashrif buyurdilar.

Unda kafedra professor-o‘qituvchilari va maktab o‘quvchilari o‘rtasida zamonaviy ta’lim turlaridan foydalangan holda “MATEMATIKA VA INFORMATIKA” oyligi munosabati bilan “VIRTUAL REALLIK” va “GAMIFIKATSIYA” texnologiyalarining afzalligi haqida master klass o'tib berishdi.

Hamda o‘zaro integratsiya jarayonini yangilash, yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.