Joriy yilning 25-29 iyul kunlari Chexiya qishloq xo'jaligi universitetida Erasmus+ CBHE "NICoPA: Aniq (koordinatali) qishloq xo'jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar" loyihasi doirasida loyihaning hamkor OTMlari professor-o'qituvchilari uchun "Aniq (koordinatali) qishloq xo'jaligi vositasida tabiiy resurslarni boshqarish" mavzusida yozgi maktab bo'lib o'tmoqda.
Mazkur yozgi maktabda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.