Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2021-yilning 25-26-fevral kunlari “Xorijiy tillarni oʻqitishda multimedia texnologiyalarining oʻrni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda 4 ta shoʻbada ish olib borildi va “Xorijiy tillarni oʻqitishda multimedia texnologiyalarini joriy etish holati va istiqbollari”, “Bugungi kunda oʻquv jarayonini tashkil etish sifatini oshirish va xavfsizligini taminlashda multimedia texnologiyalarining ahamiyati”, “Nofilologik talim yoʻnalishi talabalarining madaniyatlararo muloqat kompetensiyalarini shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar”, “Imkoniyati cheklangan talabalarda xorijiy til koʻnikmalarini shakllantirishning usul va vositalari” kabi masalalar muhokama qilindi. Anjuman doʻstona muhitda qiziqarli bahs- munozaralar bilan oʻtdi.
Anjumanda berilgan taklif va mulohazalar chet tillarini oʻrganishda multimedia texnologiyalarning oʻrni va rolini aniqlash, ilmiy maqolalarni shakllantirish, yosh olimlar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini muhoqama qilish imkoniyatini berdi, shuningdek ushbu tadbir respublika ilgʻor tadqiqotchilarining tajribalarini ommalashtirgan holda, chet tillarini oʻrganishda multimedia texnologiyalarini tadbiq etish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam boʻladi deb ishonch bildiramiz.